Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:27 / 08.07.2019
6603
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistondagi yo‘l-transport hodisasida 29 kishi halok bo‘ldi
Foto: Financial Express
Hindiston shimolida joylashgan Agra shahridagi kanalga avtobus qulashi oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda India Today nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan. Politsiya voqea joyida 27 jasadni aniqlagan. Shuningdek, 16 ga yaqin kishi jabrlangan, ular shifoxonalarga yetkazilgan.
Uttar-Pradesh shtati politsiyasi halokat rulda uxlab qolgan haydovchi sababli yuz berganini ma'lum qilgan. Lakxnaudan Dehliga yo‘nalayotgan avtobus kanalga 4,5 metrlik balandlikdan tushib ketgan.