Jahon | 15:34 / 08.07.2019
27681
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Putinga Minskda uchrashishni taklif qildi

Foto: AP Photo / Riccardo Pareggiani, Alexei Nikolsky, Sputnik, Kremlin Poo

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Minskda uchrashishni taklif qildi, deb xabar berdi TASS.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvni AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron vositachiligida o‘tkazish taklif etilgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Avvalroq Ukraina sobiq moliya vaziri, hozirda xavfsizlik kengashi kotibi Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkinligini aytgandi.

Shuningdek, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvida natija muhim ekanligini aytgandi.

Mavzuga oid