Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston yirik blekautni boshdan kechirmoqda
Armaniston poytaxti Yerevanda metro, issiqlik elektr markazi to‘xtab qoldi, chiroq, telefon aloqasi va internet yo‘q. Bunday yirik blekautni mamlakat eslay olmaydi.
Metroga elektr uzatish to‘xtab qolgan, poyezdlar tunnellarda qolib ketgan. U yerdan 12 mingga yaqin odam olib chiqilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Armaniston hududiy boshqaruv va infratuzilmalar vazirligida elektr ta'minotidagi uzilishga energiya tarmog‘idagi sakrash olib kelgani ma'lum qilingan. Dastlab Razdan, so‘ngra Yerevan issiqlik elektr markazi va boshqa mayda stansiyalar o‘chirilgan.
Hozirda kuchlanishda sakrashlar yo‘q. Hukumat va favqulodda xizmatlar nosozliklarni bartaraf etish uchun kuchaytirilgan tartibda ish olib bormoqda. Avariya sababini maxsus ishchi guruh o‘rganmoqda.
Armaniston sog‘liqni saqlash vaziri Arsen Torosyan fuqarolarni elekr energiyani tejab ishlatishga chaqirgan. “Energiyani muhim muassasalarga yetishi uchun maksimal tejab ishlatishni so‘rayman. Ortiqcha chiroqni, konditsionerlarni o‘chirib qo‘ying”, deb yozgan Torosyan ijtimoiy tarmoqda.
Mavzuga oid
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
22:04 / 05.02.2026