Jahon | 13:59 / 13.07.2019
4490
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Yaponiyadan savdo cheklovlarini olib tashlashni talab qildi

Foto: REUTERS / Toru Hanai

Janubiy Koreya Tokioda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Yaponiyadan strategik ahamiyatga ega xomashyolarga kiritilgan eksport cheklovlarini olib tashlashni talab qildi. Bu haqda Janubiy Koreya delegatsiyasi vakillaridan biri ma'lum qildi.

"Biz cheklovlar munosabati bilan chuqur taassuf bildirdik va ularni olib tashlashni talab qildik", - dedi u Kyodo agentligi muxbiriga. 

1 iyul kuni Yaponiya yarimo‘tkazgichlar va gadjetlar ekranlari ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan uch turdagi xomashyo eksporti ustidan nazoratni kuchaytirdi. Endilikda ularni olish uchun alohida ruxsatnoma kerak bo‘ladi.

Tokio va Seul o‘rtasidagi munosabatlar 2018 yil kuzda, Koreya oliy sudi Yaponiyaning Nippon Steel & Sumitomo Metal kompaniyasiga Ikkinchi jahon urushi davrida to‘rt nafar koreyalik ishchini majburan ishlatgani uchun tovon to‘lashga hukm chiqarganidan so‘ng keskinlashgandi. Yaponiya bu masala 1965 yilda hal etilganini ta'kidlab, sud qarorini bajarishni rad etgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid