Jahon | 22:06 / 20.07.2019
17008
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda jaziramadan olti kishi halok bo‘ldi

AQShda noodatiy issiq harorat olti kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi CBS telekanali.

Telekanalning ma'lumot berishicha, Merilend shtatida to‘rt, Arizona va Arkanzas shtatlarida bittadan kishi vafot etgan. Bundan tashqari, jazirama O‘rta g‘arb va AQShning sharqiy sohillaridagi 200 million kishiga ta'sir qilishi mumkinligi aytilmoqda. 

Avvalroq favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentlik AQSh aholisining qariyb yarmi noodatiy issiq hududida qolganini xabar qilgandi. Qayd etilishicha, jazirama issiq va namlik xavfli holatni paydo qilishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid