Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda turk diplomatlariga hujum qilgan terrorchilar qo‘lga olindi
Foto: REUTERS
Iroq shimolidagi Arbil shahri xavfsizlik boshqarmasi Turkiya bosh konsulxonasi xodimlariga hujum qilgan terrorchilar qo‘lga olinganini ma'lum qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning bildirishicha, diplomatlarga to‘rt nafar terrorchi hujum qilgan. Boshqa batafsil ma'lumotlar keltirilmagan.
Turkiya tashqi ishlar vazirligining ma'lumot berishicha, Turkiya bosh konsulxonasi xodimlariga hujum 17 iyul kuni Arbil shahridagi restoranlardan birida amalga oshirilgan.
Sky News Arabia telekanalining xabariga ko‘ra, hujum qilganlar ikki kishi bo‘lgan. Hujum oqibatida bosh konsulxonaning bir xodimi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:58 / 14.05.2026
Qozog‘iston Turkiya dronlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydoniga aylanadi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:44 / 05.05.2026