Jahon | 14:39 / 22.07.2019
12329
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda MRB bilan aloqada bo‘lgan 17 kishiga sud hukmi o‘qidi

Foto: Vahid Salemi / AP

Eronda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilgan 17 kishiga sud hukmi chiqarildi, deb xabar berdi Eron axborot vazirligi.

Josuslikka qarshi kurashish boshqarmasi bosh direktorining ma'lum qilishicha, ularning ayrimlari o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Bundan tashqari, mahkumlar bilan aloqada bo‘lgan MRB xodimlarining suratlari ham e'lon qilingan.

Avvalroq Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxaniy mamlakatda Vashington nazorati ostida bo‘lgan kibertarmoq fosh qilinganini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid