Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda noma'lum kimsalar namoyishchilarni kaltaklagani ma'lum qilindi
Foto: REUTERS
Hongkongda shahar markazidagi ommaviy namoyishdan metroda qaytayotgan namoyishchilarga noma'lum kimsalar kaltaklar bilan hujum qildi. Oqibatda 36 kishi jarohat olgan, deb xabar berdi RTHK radiostansiyasi.
Voqea shaharning Xitoy bilan chegaradagi chekka tumanida joylashgan Yuen Lun stansiyasida yuz bergan. Norozilik namoyishlaridan qaytayotgan qora kiyimdagi faollarga yuzlarida oq niqob bo‘lgan bir guruh odamlar hujum qilgan. Jabrlanganlar orasida OAV vakillari va muxolif Demokratik partiya deputati bo‘lgan.
Guvohlarning ta'kidlashicha, politsiya voqea joyiga juda kech – chaqiruvdan 2 soatgina keyin yetib kelgan. Ba'zi taxminlarga ko‘ra, hujumni mahalliy jinoiy to‘dalar - triadalar a'zolari sodir etgan bo‘lishi mumkin. Hongkong hukumati ushbu hujumni va namoyishchilarning shahar markazidagi radikal xatti-harakatlarini qat'iyan qoralagan.
21 iyulda Hongkongda hukumatga qarshi navbatdagi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilarning bir qismi hukumat bilan avvaldan kelishilgan yo‘nalishdan og‘ib, Xitoy markaziy hokimiyatining Hongkongdagi ofisi tomon yo‘l olgan. Ular ofis binosiga tuxumlar uloqtirishgan, uning devorlarini bo‘yoqlar bilan bejashgan. Politsiya radikal namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘llagan.
Mavzuga oid
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025
«Hongkongdagi yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmadi» - TIV
08:40 / 28.11.2025
Hongkongdagi turar joy majmuasida yong‘in: kamida 94 kishi halok bo‘ldi
17:28 / 27.11.2025