Jahon | 17:31 / 22.07.2019
62215
2 daqiqa o‘qiladi

Tergovchilar guruhi Atamboyevning qarorgohiga kiritilmadi

Foto: REUTERS/Vladimir Pirogov

Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mirlan Kanimetov va tergov guruhi Almazbek Atamboyevni tergovga chaqirish uchun uning qarorgohiga keldi, ammo quruq qo‘l bilan qaytdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

O‘tgan haftada Atamboyev jinoyatchi Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha ishda guvohlik berish uchun uchinchi marta IIV bosh tergov boshqarmasiga chaqirildi. Ammo sobiq prezident tergov boshqarmasiga bormadi. Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, tergovga uch marta bormagan shaxs majburiy ravishda tergovga olib kelinishi lozim.

Qayd etilishicha, qarorgohga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kiritilmagan, ularning oldiga sobiq prezidentning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva chiqqan. U sobiq prezident tergovga bormasligini ma'lum qilgan.

Almazbek Atamboyevga bir nechta ayblovlar qo‘yilmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosi olishi mumkin.

9 iyulda Atamboyev Qirg‘izistonning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etildi. Avvalroq esa u daxlsizlikdan mahrum etilgandi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid