O‘zbekiston | 00:51 / 25.07.2019
9398
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Foto: TASS

23 iyulda O‘zbekistonning Jyenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov Jahon savdo tashkilotining (JST) bosh direktori Roberto Azavedo bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va JST o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikrlar almashildi, deb xabar berdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri matbuot xizmati.  

Roberto Azavedoga O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo tartibi haqidagi Memorandumning yangilangan varianti topshirildi. Bu hujjat JST rahbari fikricha, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotga kirishi bo‘yicha rasmiy muzokaralar jarayoni boshlanishini anglatadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan 15 yil ichida ilk bor JSTga a'zo davlatlarga taqdim qilish uchun rasmiy hujjat tayyorlangani, bu esa muzokaralar jarayoniga yaxshi asos bo‘lishi ta'kidlab o‘tilgan. 

JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan JSTga qirish jarayoni faollashganini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Azavedo O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar republikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirishdagi hamda me'yoriy-huquqiy hujjatlarni JST kelishuvlari me'yorlari va qoidalariga mos holga keltirishdagi muhim omil hisoblanishini ta'kidlab o‘tgan.

Azavedo JST kotibiyati vakillari O‘zbekistonga tashkilotga kirishda, jumladan O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini muvaffaqiyatli o‘tkazishda barcha zaruriy ko‘makni ko‘rsatishlariga va'da bergan. 

Mavzuga oid