Eron ballistik raketa uchirdi
Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketa mudofaa tusiga ega va boshqa davlatlarga qarshi yo‘naltirilmagan. Bu haqda harbiy manbaga tayanib Fars agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lum qilishicha, ballistik raketa uchirishdan maqsad xorij davlatlarining Eron suverenitetiga ehtimoliy tahdidlariga qarshi javob qaytarishni sinovdan o‘tkazishdir. Eron Islom Respublikasi o‘z mudofaa qobiliyatini oshirish uchun dunyodagi hech bir davlatdan ruxsat so‘rashi shart emas, degan manba.
Avvalroq Fox News telekanali Eron 25 iyul kuni tunda o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazganini xabar qilgandi. Telekanalning bildirishicha, "Shahob-3" raketasi Eronning janubiy qismidan uchirilgan va shimol tomon 960 km masofani bosib o‘tib, Tehrondan uzoq bo‘lmagan sahroga qulagan.
Mavzuga oid
20:12 / 28.09.2024
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
09:19 / 28.09.2024
Netanyahu BMTda Eronga Isroilning «qo‘li uzunligi» bilan tahdid qildi
12:10 / 26.09.2024
Tramp Eron tomonidan o‘ldirish tahdidlari haqida ogohlantirildi
21:24 / 25.09.2024