Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston toliblar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun delegatsiya tuzdi
Foto: RIA Novosti / V. Kiselev
Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakati bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish uchun delegatsiyani shakllantirdi. Bu haqda tinchlik masalalari bo‘yicha vazir Abdul Salom Rahimiyning bayonotida ma'lum qilindi.
Bayonotda aytilishicha, delegatsiya tarkibiga "Afg‘onistonni siyosiy, ijtimoiy va milliy xilma-xillikda ifodalovchi" 15 kishi kiritilgan.
Avvalroq "Tolibon"ning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin AQSh delegatsiyasi va toliblar Qatardagi muzokaralarda deyarli barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishganini, muhokama qilinadigan bir-ikkita masala qolganini bildirgandi.
Mavzuga oid
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi
17:50 / 25.12.2025
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi
13:46 / 19.12.2025