Jahon | 20:20 / 31.07.2019
7330
2 daqiqa o‘qiladi

Stoltenberg: Hurmuzda NATO amaliyot o‘tkazishi so‘ralmagan

Foto: REUTERS/Francois Walschaers

Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenbergning bayonot berishicha, NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozida amaliyot o‘tkazishi talab qilinmagan. U 31 iyul kuni harbiy tashkilotdan Hurmuz bo‘g‘ozida amaliyot o‘tkazish bo‘yicha rasman so‘rov mavjud emasligini bildirdi. 

Ma'lumki, Amerika Qo‘shma Shtatlari Vashington va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashishi barobarida Hurmuzdagi neft tashish dengiz yo‘llarini muhofaza qilishga jiddiy sa'y-harakatlar ko‘rsatmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Hurmuz bo‘g‘ozida vaziyat birmuncha keskin holda saqlanib turibdi. Jumladan, Eron AQSh harbiy dronini urib tushirgach, Tramp bir necha minglab insonlarning o‘limi ehtimoli, uning Tehronga zarba berish niyatidan qaytarganini ta'kidlagan edi. Shundan so‘ng, Pentagon bir nechta harbiy kemalarini Hurmuzga safarbar etdi. 

Yaqinda Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlari Gibraltar bo‘g‘ozida Eronga tegishli tankerni hibsga oldi. Tanker xalqaro taqiqlarga qaramay, Suriyaga neft olib ketayotgan bo‘lgan. Bu voqeadan so‘ng, Eron Hurmuzda Buyuk Britaniyaga tegishli kemani hibsga oldi. 

Mavzuga oid