Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus axborot sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga qilgan ilk davlat tashrifi doirasida bir qator kelishuv va bitimlar imzolandi.

Ana shu hujjatlar orasida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Belarus Respublikasi Axborot vazirligi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ham bor.

Bugun O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va Belarus Respublikasi axborot vaziri Aleksandr Karlyukevich o‘rtasida bitim imzolandi. Ushbu hujjatda ikki mamlakat o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, nashriyot, matbaa faoliyati sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish ko‘zda tutilgan. Har ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillari, noshirlik va matbaachilik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlari ishtirokida tanlovlar, seminarlar, ko‘rgazma-yarmarkalari va simpoziumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026