O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida bitim kuchga kirdi
1 avgust kuni O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida 2017 yilning 25 oktabr kuni imzolangan turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Bitimni imzolashda fuqarolarni ilm-fan, ijtimoiy rivojlanish, madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlar hamda tabiat, diqqatga sazovor joylar, tarixiy yodgorliklar va ikki xalq madaniy an'analari bilan tanishtirish uchun sayyohlik sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan”, deyiladi xabarda.
Hujjatga muvofiq tomonlar xalqaro anjumanlar, forumlar, seminarlar, ko‘rgazmalar, OAVda nashrlar orqali “Buyuk ipak yo‘li” va boshqa shu kabi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlari va brendlarini ilgari surishga ko‘maklashadilar.
Bitimga ko‘ra tomonlar sayyohlik sohasidagi korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadilar.
Mavzuga oid
16:33
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
19:32 / 07.11.2024