O‘zbekiston | 10:59 / 07.08.2019
35006
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Gaz ta'minoti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi 

Foto: ITAR-TASS, Aleksandr Ryumin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Gaz ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi e'lon qilindi.

Ushbu Qonunning maqsadi gaz ta'minoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Gaz ta'minoti sohasidagi davlat siyosati quyidagilarga asoslanadi:

konlarni qidirish, o‘rganish va o‘zlashtirish, gaz qazib olish, tashish, saqlash va yetkazib berish jarayonlarining barqaror hamda mutanosib rivojlanishini ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasi energetika xavfsizligini ta'minlash;

Iste'molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash; 

gaz ta'minoti bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarga belgilangan narxlar va tariflarga rioya qilish;

gaz ta'minoti sohasidagi munosabatlar sub'yektlari tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishi;

gaz ta'minoti sub'yektlarining gaz ta'minoti sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligini belgilash;

gaz ta'minoti tizimi obektlarining sanoat, yong‘in va ekologik xavfsizligi uchun belgilangan talablarga muvofiqligi;

energiya tejaydigan texnologiyalar, hisobga olish asboblari va gaz sarfini tartibga solishni joriy etish uchun sharoitlar yaratish

Gaz ta'minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:

iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish va aholi hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek ishlab chiqarish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida gaz ta'minotini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

gazning geologik zaxiralaridan oqilona foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish;

jahon energetika bozorida mahalliy gazning raqobatdoshligini ta'minlashga ko‘maklashish;

hududlar va sanoat obektlarini gazlashtirishning tegishli dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;

boshqaruv tizimiga va gazni ishlab chiqarish, tashish, saqlash hamda yetkazib berish munosabatlariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;

gaz ta'minoti tizimini yanada rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashish;

raqobatbardosh gaz narxlari va taqdim etilayotgan gaz ta'minoti xizmatlari uchun tariflarni belgilash orqali ularning narxi, sifati va iste'mol xususiyatlarini hisobga olgan holda, muqobil energiya manbalari bozorini rivojlantirish uchun sharoit yaratish. 

Mavzuga oid