Jahon | 20:32 / 08.08.2019
8556
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada mamlakatning sobiq eng boy kishisi hibsga olindi

Foto: REUTERS / Ueslei Marcelino

Braziliya federal politsiyasi bir paytlar mamlakatning eng boy kishisi hisoblangan biznesmen Eyke Batistani yana hibsga oldi, deb xabar berdi Rio Times nashri.

Eyke Batista 2018 yilda korrupsiya ishi bo‘yicha 30 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, ammo keyinroq uy qamog‘iga o‘tkazilgandi. Forbes jurnali ma'lumotiga ko‘ra, 2012 yilda Batistaning boyligi 30 milliard dollar deb baholangan va u Braziliyaning eng boy kishisi hisoblangan.

Nashrning xabar berishicha, Batista Segredo de Midas operatsiyasi davomida Rio-de-Janeyrodagi uyida qo‘lga olingan. Segredo de Midas operatsiyasi fond bozoridagi qallobliklar va pul yuvishlar bo‘yicha dalillarni tekshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid