Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston bosh vaziri "Ozod Kashmir" poytaxtiga boradi
Pokiston bosh vaziri Imron Xon chorshanba kuni Kashmirning Pokiston qismiga tashrif buyuradi va mahalliy kengashda Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomi bekor qilinganligi munosabati bilan nutq so‘zlaydi. Bu haqda Pokiston bosh vaziri devonxonasi ma'lum qildi.
"Imron Xon mahkama a'zolari hamrohligida Ozod Kashmir ma'muriy markazi Muzaffarobodda Pokiston kuni milliy bayramini nishonlaydi. U shuningdek, partiyalararo konferensiyada ishtirok etadi va Kashmir siyosiy partiyalari yetakchilari bilan uchrashadi", - deb iqtibos keltirmoqda The Economic Times devonxona xabaridan.
Imron Xon tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy Muzaffarobodga keldi.
"Pokiston xalqi va mamlakat rahbariyati Jammu va Kashmir muammosi bo‘yicha yagona pozitsiyada hamda 14 avgust kuni uning aholisini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi", - dedi u.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026