Atamboyevga 14ta ayblov qo‘yildi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga yana ikkita ayblov qo‘yildi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi, deb yozmoqda Knews.
«Bugun Qo‘y-Toshdagi yer uchastkasi bo‘yicha yana ikkita bildirishnoma topshirishdi. Bunda ikki xil ish mavjud, yerlardan biri ijarada, boshqasi esa xususiy mulkda. Bildirishnomalarni topshirish paytida men Atamboyevning yonida edim. U hali ham biron bir ko‘rsatma berishdan bosh tortmoqda va hech qanday bildirishnomalarga imzo qo‘ymayapti», - dedi Slesarev.
Uning qayd etishicha, sobiq prezidentga jinoyatlarda gumon qilish bo‘yicha jami 14ta bildirishnoma topshirilgan.
Bundan oldin, Almazbek Atamboyevga qotillik ayblovi qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024