Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi AESda ishlatilgan yoqilg‘i qayta ishlash uchun Rossiyaga tashiladi
O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan atom elektr stansiyasi (AES)da ishlatilgan yoqilg‘i Rossiyada qayta ishlanadi. Bu haqda «O‘zatom» xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi 1968 yil 1 iyuldagi yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma, 1979 yil 26 oktyabrdagi Yadroviy materiallarni va yadroviy qurilmalarini jisman himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya, 1997 yil 5 sentyabrdagi Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi birlashgan Konvensiya a'zosi hisoblanib, ishlatilgan yoqilg‘ilarni qayta ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga tashish rejalashtirilgan.
“Qayta ishlash jarayonida barcha qimmatbaho yadro materiallari olinadi, qolgan qismi bug‘lash va presslash yo‘li bilan mustahkamlanadi va keyinchalik O‘zbekistonga qaytariladi. Rossiya qonunlariga ko‘ra, mamlakatga radioaktiv chiqindilarni olib kirish taqiqlanadi. Har bir mamlakat o‘z hududida radioaktiv chiqindilarni saqlashi lozim”, - deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, shu boisdan «O‘zatom» agentligi va «Rosatom» davlat korporatsiyasi mutaxassislari ushbu masala, ya'ni ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv faol chiqindilar bo‘yicha uzviy hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Yaqin vaqt ichida bu borada xalqaro tajriba inobatga olingan holda yadro yoqilg‘isi va radioaktiv faol chiqindilarga doir Strategiya ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026