Özbekistondagi birinçi AES yaqinida 50 ming kişiga möljallangan atomçilar şahri quriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«AES qurilişi yakunlanganidan keyin 2,5 mingga yaqin yuqori malakali iş örinlari yaratiladi. Asosan bu uşbu mintaqadagi odamlar (Jizzax viloyatining Foriş tumani - tah.) böladi. Atomçilar şahri taşkil qilinadi. Biz yöl va temir yöllar quriş böyiça hisob-kitoblarni amalga oşirmoqdamiz», - dedi «Özatom» rahbari Jörabek Mirzamahmudov.

«ÖzGAŞKLITI» instituti boş direktori Yöldoş Mağrupovning aytişiça, stansiyadagi har bir iş joyi boşqa sohalarda yana yettita iş örni taşkil etilişiga olib keladi. Şu tariqa, AESdagi 2,5 mingta iş örni yana 17,5 mingta iş joyi yaratilişi uçun imkon beradi. Ularning oilalari hisobga olinsa, atomçilar şahrida 50 mingga yaqin odam istiqomat qiladi.

«Yaqinda «Deloyt» (xalqaro konsalting kompaniyasi - tah.) tadqiqot ötkazdi. Yevropada atom energetikasini rivojlantirişga sarflangan bir dollar butun iqtisodiyotning rivojlanişi uçun beş dollar beradi. Bunda respublika uçun qanday multiplikativ ta'sir borligini bir tasavvur qilib köring», - deya ta'kidlab ötdi Mirzamahmudov.

Uning sözlariga köra, joriy yil oxiriga qadar «Rosatom» bilan asosiy şartnomani imzolaş rejalaştirilgan. Bu kelgusi yildan taşqi infratuzilma va kerakli obektlarni ustuvor sur'atlarda qurişni boşlaş uçun kerak.

«Kelgusi yil oxiriga qadar biz atrof-muhitga ta'sirni baholaşni yakunlaymiz. Loyiha ekologik talablarga javob berişi böyiça barça xotirjam bölişi kerak. Faqat şundan keyingina maydonçaning özi va AES qurilişi uçun litsenziya beriladi», - deya qöşimça qilib ötdi «Özatom» rahbari.

Bundan oldin, Özbekiston AESning yana ikkita energoblokini qurişi xabar berilgandi.