Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Afg‘oniston bo‘yicha kelishuv imzolashga tayyorligini bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp agarda imkoniyat paydo bo‘lsa, Afg‘onistondagi nizoni hal qilish bo‘yicha kelishuvni imzolashga tayyorligini bildirdi.
"Hozirgina Afg‘oniston bo‘yicha juda yaxshi uchrashuvni yakunladik. Biz ham qarshi tomon (toliblar) singari imkoniyat paydo bo‘lishi bilan kelishuvga urinamiz", - deb yozdi u tvitterda.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, uchrashuvda Tramp va undan tashqari, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod, MRB boshlig‘i Jina Xaspel, Pentagon rahbari Mark Esper, AQSh qurolli kuchlari shtab rahbarlari birlashgan qo‘mondonligi raisi Jozef Danford ishtirok etgan.
AQSh va "Tolibon" vakillari Afg‘onistonda jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muntazam uchrashuvlar tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
22:03 / 03.06.2026
Netanyahu Tramp bilan bo‘lgan bahsni oilaviy kelishmovchilikka qiyosladi
09:20 / 03.06.2026
Trampning yaqin ittifoqchisi Milliy razvedkaga rahbarlik qiladi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026