Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada Germaniyaning sobiq kansleri ustidan sudga arz qilindi
Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shryoder buzuqlikda ayblanmoqda. Shryoderning hozirgi rafiqasi So Yen Shryoder-Kimning sobiq turmush o‘rtog‘i Janubiy Koreya sudiga shu ayblov bilan Shryoder ustidan arz qilgan. Uning ta'kidlashicha, So Yen va kanslerning ishqiy munosabatlari ayol hali nikohda bo‘lganda boshlangan.
Ayolning ismi ovoza qilinmayotgan sobiq turmush o‘rtog‘ining ta'kidlashicha, aynan shu munosabatlar uning Kim So Yen bilan ajrashishiga olib kelgan. Shu sababli erkak boshdan kechirgan “iztiroblari” uchun kompensatsiya sifatida 100 mln von (93 ming dollar) talab qilmoqda.
75 yoshli Shryoder arz haqida rasmiy xabarnomani bir necha kun oldin olgan. Uning rafiqasi ayblovlarni rad etgan. Ayolning ta'kidlashicha, u Shryodyorni uchratganda uning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan nikohi buzilgan bo‘lgan va ular ajralishib ketishgan.
Janubiy Koreyada er yoki xotinning xiyonati 2015 yildagina dekriminallashtirilgan. Bungacha xiyonat qilish 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolangan. O‘tgan vaqt ichida 53 mingga yaqin janubiy koreyalik xiyonati uchun jazolangan.
Shryoder 1998 yildan 2005 yilgacha Germaniya kansleri bo‘lgan. U Kim So Yen bilan 2015 yilda Seuldagi anjumanda tanishgan. Ayol u yerda tarjimon bo‘lib ishlagan. Keyinchalik u Shryoderning avtobiografiyasini koreys tiliga tarjima qilgan. 2018 yilda 49 yoshli ayol sobiq kanslerning 5-rafiqasiga aylangan. Ularga yoshlaridagi 25 yillik farq ham xalaqit qila olmagan.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026