Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Nazarboyevning qizi 63 mln dollarga Shveytsariyadan qal'a sotib oldi
Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha qizi Shveytsariyadagi «Belriv» (Château de Bellerive) qal'asini 63 mln dollarga sotib oldi, deb xabar berdi Exclusive.
Qal'a Jyeneva yaqinida joylashgan va Shveytsariyaning milliy meroslari ro‘yxatiga kiritilgan. Nashrning yozishicha, Dinara Kulibayeva uni 62 million frankka (63 mln dollarga yaqin) sotib olgan.
Bilan nashrining xabar berishicha, «Belriv» 1997 yilda shahzoda Sadriddin Og‘a Xon tomonidan aka-uka Syorsoklarga sovg‘a qilingan. Shahzoda Sadriddin 2003 yilda 70 yoshida vafot etgan bo‘lib, ikki marta uylangan, lekin farzand ko‘rmagan.
Syorsoklar 28,7 ming kvadrat metr maydonda joylashgan qal'ani uch yil avval 120 mln frankka sotuvga qo‘yishgan.
Qal'a bir necha kun oldin Dinara Kulibayeva tomonidan 62 mln frankka sotib olingan. Jurnalning yozishicha, Nazarboyevning qizi 2009 yilda Jyenevadan 75 mln dollarga ko‘chmas mulk sotib olgan.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026