Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Pokiston bilan birga Rossiyadagi harbiy mashg‘ulotlarda qatnashadi
Hindiston harbiylari keskin munosabatga qaramasdan Pokiston harbiylari bilan birgalikda 16 sentyabrdan 21 sentyabrgacha Rossiyada bo‘lib o‘tadigan "Markaz-2019" harbiy strategik mashg‘ulotlarda qatnashadi. NDTV telekanalining xabar berishicha, Hindiston mashg‘ulotlarga quruqlik va HHK qo‘shinlaridan iborat yirik guruhni jo‘natadi.
"ShHT harbiy mashg‘ulotlari antiterroristik hamkorlikka qaratilgan", - degan manba.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo sakkiz davlat (Rossiya, Xitoy, Pokiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston) harbiylari hamkorlikda kontrterror amaliyotlarini o‘tkazishadi.
Hindiston va Pokiston o‘tgan yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan "Tinch missiya" mashg‘ulotlarida birgalikda qatnashgandi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026