Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko shakar ishlab chiqaruvchilarga yangi bozorlar topishni buyurdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi korxonalarga ishlab chiqarilgan shakarni sotish uchun Rossiya bozoridan boshqa bozorlarni ham topishni buyurdi.
Ma'lum qilinishicha, Smolevichskiy rayoniga tashrifi davomida Lukashenko qand lavlagi hosilining qanday bo‘lishi va shakar bozoridagi vaziyat bilan qiziqqan. Unga bu yilgi hosil o‘tgan yilgidan ham yuqori bo‘lishini, ammo an'anaviy bozorlarda shakar ortig‘i bilan ekanligini bildirishgan. "Rossiyada shakar ortib qolgani uchun uning kilogrammini 50 tiyinga arzonlatish taklif qilinmoqda", deb ma'lumot berilgan unga.
"Menga nolimang. Sizlarning ishingiz dehqonlar yetishtirgan narsani sotish. Rossiya dunyodagi yagona mamlakat emas. Hozirdan harakatni boshlash kerak. Nafaqat dalada ishlash kerak, balki sotiladigan bozorlarni topish kerak. Qishloqdagilar yetishtirib, tayyorlab berishadi, biz esa sotishda yordam berishimiz kerak", - deya topshiriq bergan Lukashenko amaldorlarga.
"Shakarni qayerda sotishni o‘ylang", - degan u qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati va Minsk oblasti gubernatoriga.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026