Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi rohinja qochoqlariga mobil aloqadan foydalanish taqiqlandi
Bangladesh hukumati barcha operatorlarga mamlakat janubi sharqidagi lagerlarda yashayotgan millionga yaqin rohinja qochoqlari uchun mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatishga buyruq berdi. Bu haqda bdnews24 nashri xabar berdi.
"Operatorlar xavfsizlik nuqtai nazaridan, hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida rohinja elati vakillariga mobil aloqadan foydalanishni cheklash to‘g‘risida buyruq oldi", - deyiladi hukumat yo‘riqnomasida.
Operator kompaniyalar lagerlardagi tarmoqlarni yopish uchun amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yetti kun ichida hisobot topshiradi.
Mahalliy politsiyaning fikricha, qochoqlar ko‘plab vaqtdan buyon qo‘shni Myanmadan olib o‘tiladigan giyohvand moddalar savdosini amalga oshirish uchun mobil aloqadan foydalanishni "suiiste'mol" qilishgan.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025