Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stavropol o‘lkasida Su-25 shturmchi samolyoti halokatga uchradi
Stavropol o‘lkasida o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida Su-25UB shturmchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Mudofaa vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Hozirda samolyotning ikki uchuvchisi qidirilmoqda, ular halokat paytida katapulta yordamida samolyotni tark etishga ulgurishgan.
«Parvoz jangovar to‘plamsiz amalga oshirilgan. Samolyot hech kim yashamaydigan joyga qulagan», — deb ma'lum qilgan Mudofaa vazirligi.
Su-25 shturmchi samolyoti jang vaqtida quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, u kichik o‘lchamdagi harakatlanuvchi va bir joyda turuvchi obektlarni yo‘q qila oladi. Samolyot 10 ming metr balandlikda soatiga 950 kmgacha tezlikda uchishi mumkin.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:51 / 17.07.2023
Krasnodar o‘lkasida Su-25 quladi. Uchuvchi halok bo‘ldi
15:48 / 23.02.2023
Belgorod oblastining Ukraina chegarasiga yaqin hududida Su-25 quladi
10:52 / 26.09.2019