Belgorod oblastida Rossiya harbiy kosmik kuçlariga tegişli Su-25 rusumli şturmovik quladi, uçuvçi halok bölgan. Rossiya mudofaa vazirligi dastlabki ma’lumotlarga köra halokatga texnik nosozlik sabab bölganini ma’lum qilgan.
RF mudofaa vazirligi harbiy samolyot «jangovar topşiriqni bajarib, Belgorod oblastidagi aerodromdagi bazaga qaytayotgan vaqtda» halokatga uçraganini ma’lum qilgan.
Jangovar topşiriq aynan nima bölganiga aniqlik kiritilmagan. Belgorod oblasti Rossiya bir yildan buyon uruş olib borayotgan Ukrainaga çegaradoş hisoblanadi.
«Uçuvçi halok bölgan», - deyilgan vazirlik xabarida. Avvalroq TASS agentligi pilot katapulta bölişga ulgurganini xabar qilgandi (şu bilan birga, agentlik manbasi Su-25 şturmovigi emas, Su-24 rusumli front bombardimonçisi halokatga uçraganini aytgandi).
«Samolyot odamlar yaşamaydigan hududga qulagan, quruqlikda vayrongarçiliklar kuzatilmagan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, halokatga texnik nosozlik sabab bölgan», deyiladi RF mudofaa vazirligidan iqtibos keltirgan «Interfaks» xabarida.
Harbiy samolyot halokatga uçragani haqida dastlab Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov xabar bergandi (rusumiga aniqlik kiritmagan holda). «Valuyki şahar okrugi hududida mudofaa vazirligi samolyoti quladi. Hozirda voqea joyida tergov guruhi va FVV xodimlari iş olib bormoqda. Hodisa sabablari örganilmoqda. Vaziyat nazorat ostida», deya yozgan u telegram-kanalida.

«Samolyot qişloq atrofida avariyaga uçradi. Pilot katapulta qilişga ulgurdi. Uning holati aniqlaştirilmoqda», deya xabar berdi TASS agentligining kuçişlatar tuzilmalardagi manbasi.
«Aholi qurilmasiga urilgan. Fuqarolar orasida qurbonlar yöq. Pilotning özi katapulta bölgan va omon qolgan», - deya yozadi harbiylaşgan bloger Boris Rojin telegram-kanalida.
Baza naşriga köra, uçuvçi hospitalga olib ketilgan, ammo köp ötmay olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
2022 yil 17 oktyabrida Su-34 rusumli qiruvçi-bombardimonçi samolyot Krasnodar ölkasida Yeysk şahridagi turar joy binosiga kelib urilgan, natijada 15 kişi halok bölgandi. RF mudofaa vazirligi ikki uçuvçi ham katapulta qilingani va ular omon qolişgani haqida xabar bergan.
Su-25 - jang maydonida quruqlik qöşinlarini qöllab-quvvatlaş, quruqlikdagi nişonlar va havodagi past tezlikda harakatlanuvçi nişonlarni yöq qiliş uçun möljallangan, har qanday ob-havo şaroitida uça oluvçi, tovuş tezligidan past tezlikda harakatlanuvçi zirhli reaktiv şturmovik hisoblanadi. 1970-yillarning birinçi yarmida Suxiy nomidagi tajriba-konstruktorlik byurosida işlab çiqarila boşlagan.


















