Stavropol ölkasida «Alternativ» köngillilar taşkiloti faollari Özbekistonning yetti nafar fuqarosini qullikdan qutqarişdi. Ular ölkaga işlaş maqsadida kelişuv asosida kelişgan, ammo buyurtmaçi hujjatlarini olib qöygan.

Işçilar poliz ekinlari dalasida joylaşgan kulbada yaşaşgan, doimiy ravişda işlaşgan, ammo buning evaziga heç narsa olmaganlar. Faollarga özbekistonliklarning ahvoli haqida «asir»lardan birining qarindoşi aytib berdi, deb yozmoqda KP - Şimoliy Kavkaz (Stavropol). Köngillilar işçi bilan aloqaga çiqib, uni qutqariş rejasini işlab çiqişga muvaffaq bölişdi. U lagerdan heç kimga sezdirmagan holda qoçib çiqib, yordam kutgan va politsiyaçilar hamda faollarni ekin dalasiga olib borgan.

Ozod qilingan özbekistonliklar darhol uylariga qaytib ketişmagan, ular vaqtinça Neftekum tumani Açikulak qişloğida joylaşdilar. Işçilar maoşlarini oliş maqsadida politsiyaga ariza yozgan. Iş beruvçi özbekistonliklarning har biriga 30 ming rubldan tölab berdi. Şundan keyingina ular uylariga qaytişdi.