Jahon | 19:52 / 11.09.2019
15172
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp toliblarga qarshi keskin zarbalar berishni va'da qildi

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik muzokaralari bekor qilinganidan so‘ng toliblarga qarshi yangi zarbalar berishni va'da qildi.

"Biz tinchlik muzokaralari o‘tkazishni rejalashtirgandik. Bir necha kun avval ular puerto-rikolik Amerika askarini va 11 nafar begunoh insonni o‘ldirishganini bildim. Keyingi to‘rt kun davomida dushmanlarimizga qarshi har qachongidan ham keskinroq zarba berdik. Va bu davom etadi", - dedi Tramp.

Avvalroq Tramp toliblar Afg‘onistondagi navbatdagi terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olganidan so‘ng "Tolibon" bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish bekor qilinganini bildirgandi.

AQSh va "Tolibon" harakati rahbariyati o‘rtasida bir necha bor muzokaralar o‘tkazilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid