Abdulaziz Komilov BMT maxsus ma'ruzachisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 19 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tegishli vazirlik va idoralarining BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan konstruktiv muloqotni rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
Hozirda O‘zbekistonda demokratiya mezonlariga javob beradigan mustahkam siyosiy tizim yaratilgani, jamiyatda qonunlarning ustuvorligi tamoyiliga va inson huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish qaror topayotgani qayd etildi. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlar so‘zsiz bajarilmoqda. Jumladan, tergov olib borish ustidan sud nazoratini kuchaytirishga yo‘naltirilgan Xabeas korpus jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda
O‘zbekiston nomzodini 2021-2023 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a'zoligiga ko‘rsatish nuqtai nazaridan tomonlarning muloqotni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi, deyiladi TIV xabarida.
Bundan oldin, BMT maxsus ma'ruzachisi O‘zbekistonga kelayotgani, u adliya tizimi mustaqilligini baholashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024