BMT maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayan 2019 yil 19-25 sentabr kunlari hukumat sudya va advokatlar mustaqilligi va yurist kasbida erkin faoliyat yuritilişi sohasida qabul qilgan çoralarni baholaş maqsadida rasmiy taşrif bilan Özbekistonda böladi. Bu haqda Özbekistondagi BMT vakilligi xabar qilmoqda.
«Taşrifim davomida sud-huquq sohasidagi islohotlarning sudyalar mustaqilligi va hokimiyatlar ajratilganligi kabi prinsiplarga mosligini baholaş maqsadida hukumat bilan konstruktiv muloqot örnatiş niyatidaman, - dedi Garsiya-Sayan. - Adliya tizimi doirasida sudyalar, prokurorlar va advokatlar öz kasbiy faoliyatini erkin olib boriş imkoniyatiga ega bölişlari va vazifalarini bajariş çoğida har qanday tahdid, işlariga aralaşuv yoki bosimdan ham qonunda, ham amalda muhofazalangan bölişlari lozim».
Sudyalar kengaşlari sudlar mustaqilligi va avtonomligini kafolatlaşda muhim ahamiyatga ega.
«2017 yilda Sudyalar Oliy kengaşi mustaqil, sudlar mustaqilligini mustahkamlaş va muhofaza qiliş borasida keng vakolatlarga ega organ sifatida barpo etilganini ma'qullayman va sudyalarni tanlaş, lavozimga tayinlaş, malakalarini oşiriş va intizomiy çoralar köriş uçun mas'ul uşbu organning salohiyatini oşiriş borasida amaliy tavsiyalar berişni istar edim.
Şuningdek, men yuridik kasbda mustaqil faoliyat olib borişni, xususan, Advokatlar uyuşmasining hukumat va boşqa ijroiya organlaridan mustaqil ekanligini ta'minlovçi huquqiy kafolatlar mavjudligini ham baholamoqçiman», – dedi Garsiya-Sayan
U hozirda yuridik kasb va bu kasb egalarining mustaqilligi va izçilligini ta'minlab himoyalaşda hayotiy ahamiyatga ega advokatlar uyuşmalariga bağişlangan mavzuli hisobot e'lon qilgan.
Taşrif davomida BMT eksperti hukumat va qonun çiqaruvçi hokimiyat rasmiylari, şuningdek sudyalar, prokurorlar va advokatlar bilan uçraşadi. U, şuningdek, fuqarolik jamiyat, olimlar, BMT agentliklari, donorlar va diplomatik jamoa bilan ham uçraşadi.
Taşrif yakunida, 2019 yil 25 sentabr, çorşanba kuni Garsiya-Sayan dastlabki kuzatmalarini taqdim qiliş maqsadida matbuot anjumani ötkazadi.
Maxsus ma'ruzaçi natijalar va tavsiyalarni öz içiga olgan töliq ma'ruzani Jyenevadagi Inson huquqlari kengaşiga 2020 yil iyun oyida taqdim etadi.

















