O‘zbekiston | 12:19 / 19.09.2019
18646
2 daqiqa o‘qiladi

Intellektual mulk agentligi direktori tayinlandi

To‘lqin Abdusattorov

To‘lqin Sayfullayevich Abdusattorov adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

To‘lqin Abdusattorov 1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 1999 yilda Samarqand davlat universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan. 2019 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Bundan oldin, Rahim Hakimov adliya vaziri o‘rinbosari - Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, adliya vaziri sobiq o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining sobiq rektori Yesemurat Kanyazov avgust oyidan beri Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari sifatida ishlamoqda.

Mavzuga oid