Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vakillar palatasi raisi Eron bilan urushga qarshi chiqdi
AQSh vakillar palatasi raisi Nensi Pelosi Saudi Aramco kompaniyasi obektlariga qilingan hujumga javoban Eron bilan ehtimoliy urushga mutlaqo qarshi. U bu haqda National Public Radio (NPR) radiosiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Kongressmen Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasida saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining vahshiylarcha o‘ldirilganini eslatdi.
Pelosining so‘zlariga ko‘ra, u «jurnalistni o‘ldirib, uning tanasini kimyoviy moddalar yordamida eritib yuborgan» saudiyaliklarni himoya qilish uchun hech qanday zarurat ko‘rmayapti.
Vakillar palatasi raisi AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalardan uyog‘iga o‘tmasligiga ishonch bildirdi.
«Tramp Eronga zarba berishga buyruq beradi deb o‘ylamayman. Prezident AQSh urushga intilmayotganini biladi», - dedi Pelosi.
Washington Post gazetasi bilan hamkorlik qilib kelgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasida o‘ldirilgandi. Turkiya bosh prokuraturasi surishtiruv yakunlariga ko‘ra jurnalist rejalashtirilgan qotillik qurboni bo‘lganligini ma'lum qilgandi.
14 sentabr kuni Saudiya Arabistoni neftni qayta ishlash korxonalariga dronlar yordamida hujum uyushtirildi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni Yamandagi xusiy isyonchilari o‘z zimmalariga oldi. AQSh bu hujumlarda Eronni ayblamoqda.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026