Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning Eron bilan "do‘stlashishi" shartini aytdi
Foto: Reuters
Agarda Eron tinchlikka intilsa, AQSh u bilan do‘stlashishga tayyor, dedi Amerika prezidenti Donald Tramp.
"Eron rahbarlari boshqa davlatlarga tahdid qilishni bas qiladigan va o‘z mamlakatlari qurilishiga e'tibor beradigan vaqt keldi. Eron rahbarlari birinchi o‘ringa eronliklarni qo‘yadigan vaqt keldi. Amerika chin dildan tinchlik va hurmatga intiluvchi barcha bilan do‘stlashishga tayyor. Amerikaning bugungi do‘stlaridan ko‘pi qachonlardir asosiy dushmanlarimiz bo‘lgan. AQSh doimiy dushmanlar bo‘lishiga hech qachon ishonmagan", - dedi Tramp BMT bosh assambleyasida so‘zga chiqib.
Nyu-Yorkda 24 dan 30 sentyabrgacha BMT bosh assambleyasining 74-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Saudiya Arabistoni hukumati o‘z hududidagi neft obektlariga qilingan hujumlarga javoban har qanday chora qo‘llashga tayyorligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, rasmiy Ar-Riyod bu hujumlar uchun mas'uliyatni Eron zimmasiga yuklamoqda. Tehron esa bu ayblov asossiz ekanini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
08:51
Tramp: eronliklar gaplashishni istasa, oldimizga kelishi yoki qo‘ng‘iroq qilishi mumkin
16:35 / 26.04.2026
Hilton’dagi hujum. Asosiy ma’lumotlar
10:40 / 26.04.2026
Tramp qatnashayotgan tadbirda otishma: Oq uy a’zolari evakuatsiya qilindi
21:32 / 25.04.2026