Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro koinot stansiyasida arab taomlari tortiladi
Xalqaro koinot stansiyasiga BAAning ilk fazogiri Hazza al-Mansuriy kelgandan keyin arab taomlaridan iborat tushlik o‘tkaziladi. Tadbir 29 sentyabrga belgilangan va stansiyaning AQShga tegishli segmentida bo‘lib o‘tadi.
Al-Mansuriy “Soyuz MS-15” kemasida XKSga arab taomlarini olib keladi. Tushlikka barcha fazogirlar taklif etilgan.
Hozirda XKSda rossiyalik fazogirlar Aleksey Ovchinin va Aleksandr Skvorsov, amerikalik Nik Xeyg, Kristina Kuk va Endryu Morgan hamda italiyalik Luka Parmitanodan iborat ekipaj faoliyat yuritmoqda. 25 sentyabrda ularga yangi ekipaj a'zolari rossiyalik Oleg Skripochka, amerikalik Jyessika Meir va BAAlik al-Mansuriy qo‘shiladi.
Avvalroq Rossiyaning “Laboratoriya kosmicheskogo pitaniya” korxonasi birinchi arab fazogiri uchun halol taomlar tayyorlashi ma'lum qilingandi. Bu taomlar orasida tovuqdan madruba, qo‘y go‘shti va sabzavotlardan saluna va balalit (vermishel quymoq bilan) bor. BAAlik fazogir XKSda 3 oktyabrgacha 8 kun o‘tkazib, Yerga Ovchinin va Xeyg bilan qaytadi.
“Soyuz MS-15” kemasi XKSga 25 sentabr Toshkent vaqti bilan soat 18.58da parvoz qiladi.
Mavzuga oid
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda
17:05 / 16.03.2025