Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada oktyabrning ilk kunlari O‘zbek kinosi haftaligi bo‘lib o‘tadi
Moskvada 1-5 oktabr kunlari O‘zbek kinosi haftaligi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir davomida nafaqat o‘zbek badiiy filmlari namoyishlari, balki O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Haftalik davomida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Rossiya kinokompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator kelishuvlar imzolaydi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga Rossiya davlat kinofilmlar jamg‘armasida saqlanuvchi filmlarni berish bo‘yicha kelishib olinmoqchi.
O‘zbekiston vakillari tadbir davomida VGIK, “Mosfilm” kinostudiyasiga tashrif buyuradilar va Rossiya kinosanoatining nomdor ijodkorlaridan mohirlik darslarida ishtirok etishadi.
Festival dasturiga o‘zbek rejissyorlarining 14 ta ishi kiritilgan. Bosh premera Umid Hamdamovning “Isssiq non” filmi bo‘ladi. “Kinoshok” festivalining bosh mukofotini olgan ushbu film ilk bor O‘zbekistondan “Oskar” mukofoti uchun da'vogarlik qiladi.