Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQShga 2020 yilgacha muhlat berdi
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi AQSh yil oxirigacha “dushmanona siyosat”dan voz kechib, yadroviysizlash bo‘yicha real yechimlar taklif qilmasa, Pxenyan muzokaralarni davom ettirmasligini aytdi.
“Biz AQSh yana o‘zining eski harakatlar rejasini yangi kelishuvsiz, yangi hisob-kitob usulisiz suqishtirsa, unda davlatlarimiz orasidagi kelishuvga chek qo‘yishimiz mumkinligini tushuntirdik. Buning uchun oxirgi muhlat joriy yil oxirigacha”, deyilgan vazirlik bayonotida.
Shimoliy Koreyaning Kim Myon Gil boshchiligidagi delegatsiyasi Stokholmda Stiven Bigan boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Biroq shimoliy koreyalik diplomatlr muzokaralar yakunlanishini kutib o‘tirmay, uchrashuv joyini tark etishgan. Keyinroq Shimoliy Koreya vakili AQSh bilan muzokaralar barbod bo‘lganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, “AQSh Shimoliy Koreya talablarini hisobga olmay, uchrashuvga quruq qo‘l bilan kelgan” va shu ishi bilan muzokaralar o‘tkazishga barcha intilishni yo‘qqa chiqargan.
Shuningdek, Shimoliy Koreya AQShning muzokaralarga yondashuvidan chuqur afsuslanish bildirgan va Vashingtonning sermahsul muzokaralar o‘tgani haqidagi bayonoti yolg‘on ekanini va jamoatchilikni chalg‘itishini aytgan.
Mavzuga oid
10:00
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025