Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shimcha respublika olimpiadalari ro‘yxati to‘ldiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida hujjat loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4306-son qaroriga 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ-4306-son qaroriga 2-ilova
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘tkaziladigan qo‘shimcha respublika olimpiadalari ro‘yxati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari takliflari asosida boshqa qo‘shimcha fan olimpiadalari tashkil qilinishi mumkin.
Mazkur olimpiada g‘oliblari o‘qituvchilari tegishincha eng kam oylik ish haqining 80, 65 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avvalgi yil o‘tkazilgan hududlardan boshqa hududlarda tashkil etiladi.”.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘tkaziladigan qo‘shimcha respublika olimpiadalari ro‘yxati hozirga qadar quyidagicha ko‘rinishda edi:

Mavzuga oid
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
13:06 / 21.10.2025
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
11:13 / 21.08.2025