Jahon | 21:59 / 09.10.2019
23637
2 daqiqa o‘qiladi

Tinchlik uchun Nobel mukofotiga asosiy da'vogar ma'lum qilindi 

Internetda tinchlik uchun Nobel mukofotiga ehtimoliy da'vogarlar ro‘yxati paydo bo‘ldi. 

USA Today nashrining yozishicha, Nicer Odds bukmekerlik resursi mukofot uchun asosiy da'vogar sifatida BMTda nutq so‘zlagan 16 yoshli ekofaol Greta Tunbergni e'tirof etmoqda. Sentyabrda unga  “To‘g‘ri turmush tarzi uchun” mukofoti topshirilgandi. Ushbu mukofot tinchlik uchun Nobel mukofoti “muqobili” deb ham ataladi.

Da'vogarlar orasida AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Efiopiya va Yangi Zelandiya bosh vazirlari Abiya Ahmad va Jasinda Ardenning  mukofotni olishga imkoniyatlari past baholanmoqda.

Ta'kidlash joiz, qoidaga ko‘ra Nobel qo‘mitalari hech qachon nomzodlar nomlarini e'lon qilmaydi.  

Shvetsiyalik Greta Tunberg BMTning iqlim bo‘yicha sammitidagi nutqida siyosatchilarni “quruq va'dalar” berishda hamda ekologik falokatning oldini olishga harakat qilmaslikda ayblagandi. 

Mavzuga oid