Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Bokuga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun 14 oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladilar.
Sammitda Turkiy kengashga a'zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a'zo sifatida Tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.
Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026
“Isroil boshqalar qo‘li bilan urushni kengaytirmoqchi” – siyosatshunoslar
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
13:21 / 09.03.2026