Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: AQSh Eronga qarshi kiberoperatsiya o‘tkazdi
AQSh Saudiya Arabistoni neft obektlariga qilingan hujumga javoban sentabr oxirida Eronga qarshi maxfiy kiberoperatsiya o‘tkazdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlikning yozishicha, kiberhujumlar Eron targ‘ibotiga qarshi qaratilgan.
Pentagon mazkur xabarni izohlashdan bosh tortdi.
"Siyosat va operativ xavfsizlik doirasida kibermakondagi operatsiyalar, razvedka va rejalashtirishlarni muhokama qilmaymiz", - dedi AQSh mudofaa vazirligi vakili Elissa Smit.
Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabrda Saudi Aramco kompaniyasining ikkita zavodiga hujum uyushtirilgandi. Hujum uchun javobgarlikni Yamandagi xusiy isyonchilari o‘z zimmalariga oldi.
AQSh va Saudiya Arabistoni hujumlarda Eronni aybladi. Ularning fikricha, hujumlar xusiylarda yo‘q bo‘lgan dronlar va raketalar yordamida amalga oshirilgan. Tehron bu ayblovlarni asossiz deb atadi.
Mavzuga oid
20:51
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
20:15
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
17:56