Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva AQSh elchisi bilan uchrashdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
2019 yil 15 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Amerika Qo‘shma Shtatlari favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Senat axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Senati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tuzilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma'lumot berildi.
Majburiy mehnat xavflariga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada xalqaro standartlarni hisobga olgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish xususida fikr almashildi.
Mavzuga oid
20:51
“Men ko‘rgan hujjatlarda urushning bo‘lishi aniq edi” – amerikalik siyosatshunos
15:46
AQSh to‘rt kun ichida qariyb 2 mlrd dollarlik harbiy texnikasini yo‘qotdi - OAV
14:01
“Biz Yaqin Sharqdagi urushlardan charchadik” - amerikalik senator
13:55