Jahon | 23:23 / 18.10.2019
11456
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya rahbari o‘zi uchun oxirgi sammitda ko‘ziga yosh oldi (video)

Foto: AP Photo/Petros Karadjias

Yevrokomissiyaning oktyabrda vakolati tugaydigan rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi sammitining yakuniy matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Matbuot anjumandan olingan lavhalar Yevrokomissiyaning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan.

Ushbu sammit Yunker Yevrokomissiya rahbari sifatida ishtirok etgan oxirgi sammit bo‘ldi. “Men umrimning oxirigacha Yevropaga xizmat qila olganimdan faxrlanib yuraman”, deb aytgan Yunker titroq bosgan ovoz bilan va shundan keyin ko‘ziga yosh olgan. 

Yevrokomissiya rahbari nutqi vaqtida uning faoliyatini yoritib borgan Yevropa kengashi raisi Donald Tuskga “do‘stligi va murakkabligi” uchun minnatdorlik bildirgan.

Lyuksemburglik siyosatchi Yunkerning Yevrokomissiya rahbari sifatidagi vakolatlari oktyabrda nihoyasiga yetadi. Uning o‘rnini Germaniyaning sobiq mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen egallaydi. E'tiborlisi, der Lyayyen bu lavozimni egallaydigan ilk ayol bo‘ladi.

Mavzuga oid