Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov Sherobod tumaniga hokim etib tayinlangach bo‘sh qolgan lavozimga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Bugun, 22 oktabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hokimlik apparati mas'ul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi Qurilish bo‘yicha xarid va loyihaoldi hujjatlarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ahmad Xudayshukurovich Suvonqulov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
U bu lavozimda biroz avvalroq Sherobod tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgan Alisher Amirov o‘rnini egalladi.
Ahmad Suvonqulov 1968 yilning 7 noyabrida Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
U turli yillarda Surxondaryo viloyati hokimligida kotibiyat mudiri, viloyat hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori, Sho‘rchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT
Jahon | 12:31
-
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi
Jamiyat | 12:10
-
Erdo‘g‘an Rossiya va Kiyevni sulh bo‘yicha muzokaralarga imkon berishga chaqirdi
Jahon | 11:51
-
Dam olish kunlari quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:34
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025