Bugun, 22 oktabr kuni Xalq deputatlari Şerobod tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Viloyat hokimi Töra Bobolov, tuman Kengaşi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, 2017 yil noyabridan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Örol Abrayquloviç Boboqulov boşqa işga ötgani munosabati bilan Şerobod tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Şu kungaça viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Alişer Xurramoviç Amirov Şerobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Alişer Amirov / Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Alişer Amirov 1977 yilning 19 avgustida Boysun tumanida tuğilgan. 2001 yilda Toşkent avtomobil-yöllar instituti, 2014 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2016 yilda Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangunga qadar, «Özavtoyöl» davlat aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisining örinbosari – boş muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Şuningdek, sessiyada Bahodir Xolyoroviç Yunusov tuman prokurori, Behzod Ibrohimoviç Aminqulov tuman içki işlar bölimi boşliği, Şuhrat Allaberdiyeviç Jumayev tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği etib tasdiqlangani e'lon qilindi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17-18 oktabr kunlari Surxondaryo viloyatida bölgan, taşrifning ikkinçi kunida Termiz şahrida Surxondaryo viloyati va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, respublikadan kelgan mutasaddilar, faollar iştirokida ötkazilgan yiğilişda soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan»i tanqid