Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh harbiylari Qandahorda 30dan ortiq jangarini yo‘q qildi
Avvalroq Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Faryob viloyatida 50dan ortiq toliblarni yo‘q qilgani haqida xabar qilingandi.
AQSh harbiy-havo kuchlarining Afg‘onistonning Qandahor viloyatida bergan aviazarbalari natijasida “Tolibon” harakatining kamida 33 jangarisi yo‘q qilindi, sakkiz jangari jarohatlandi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar berdi.
Agentlikning xabariga ko‘ra, aviazarbalar Ma'ruf va Shoh Vali Qot tumanlarida berilgan.
Shuningdek, agentlik toliblarga tayanib jangarilar Qandahorda Amerika harbiy avtokolonnasiga hujum qilgani haqida xabar qildi. Ammo Amerika harbiylari bu ma'lumotni tasdiqlamadi.
Avvalroq Khaama Press agentligi Afg‘oniston HHK Faryob viloyatida 50dan ortiq toliblarni yo‘q qilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026