Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning butun dunyodagi diplomatik vakolatxonalari ishlashdan to‘xtadi
Barcha diplomatik vakolatxonalarning vaqtinchalik yopilishiga Isroil tashqi ishlar va moliya vazirliklari o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘ldi.
Isroilning barcha elchixona va konsulxonalari tashqi ishlar va moliya vazirliklari o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida vujudga kelgan ish tashlashlar sababli o‘z ishini to‘xtatdi.
Isroil tashqi ishlar vazirligining bayonotiga ko‘ra, moliya vazirligi Isroilning xorijdagi elchilarini bir necha yillardan buyon amalda bo‘lib kelgan qoidalarga zid ravishda yangi qoidalar asosida ishlashga majbur qilmoqchi bo‘lgani sababli barcha diplomatik vakolatxonalar yopilgan.
Ish tashlash davomida Isroilning xorijdagi vakolatxonalari hech qanday xizmat ko‘rsatmaydi.
2014 yil martda ham Isroilning barcha diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, tashqi ishlar vazirligi ham o‘z ishini to‘xtatgandi. Isroillik diplomatlar hukumat va moliya vazirligidan mehnatga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilashni talab qilgandi.
Mavzuga oid
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026