Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston qariyb 10 mln dollarlik o‘zbek gazini import qildi
Foto: TASS
Joriy yil boshidan beri transport vositalari, mineral va kimyoviy mahsulotlar, shuningdek, o‘simlik mahsulotlari Tojikiston importining umumiy hajmida 50 foizdan ortiqni tashkil etdi.
Mamlakat Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligidan «Avesta»ga xabar qilishlaricha, asosiy mahsulot guruhlari importida transport vositalari ulushi umumiy hajmning 12,6 foizini tashkil etdi. Mineral mahsulotlar importidagi ushbu ko‘rsatkich 19,3 foizga teng bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, ushbu davrda transport vositalari importi o‘tgan yilning 9 oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,1 foizga oshgan. 242,1 million dollardan ortiq qiymatga ega transport vositalari olib kelingan.
Mineral mahsulotlar importining hajmi 461,4 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning 9 oyiga nisbatan 7,1 foizga ko‘p.
Mineral mahsulotlar importi ro‘yxatiga neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ko‘mir, ruda va konsentratlar, elektr energiyasi hamda boshqalar kiradi.
Xususan, qo‘shni O‘zbekistondan tabiiy gaz importi hajmi 9,7 million dollardan oshdi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
12:57 / 07.09.2025
“Sibir kuchi–2” bitimiga Tramp turtki berdimi?
14:25 / 05.09.2025
Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi
12:29 / 04.09.2025